Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %

Google tarjimon:

Saytni baholash
106
11

342025-07-31 18:34

Sayyor qabul: boshqarma rahbarlari So'x tumanida fuqarolar bilan uchrashdi

http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2095992822093295.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2095992822095685.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2095992822116000.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2095992822117195.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2095992822118390.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2095992822119585.jpg

Odamlar dardini eshitish, muammolariga yechim topish bugungi kun rahbarlarining eng ustuvor vazifasiga aylandi.

Ayni maqsadda, Ijtimoiy himoya milliy agentligi Farg'ona viloyati boshqarmasi boshlig'i Abdunazar Salimov hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari pensiya jamg'armasi Farg'ona viloyati boshqarmasi boshlig'i Zohirjon Akramov rahbarligidagi ishchi guruh navbatdagi sayyor qabulni So'x tumanida o'tkazdi.

Tadbirda ellikdan ortiq fuqaro ishtirok etdi. Ularning 17 tasi tomonidan bildirilgan murojaatlar joyida ijobiy hal etildi. Qolgan murojaatlar yuzasidan zarur tushuntirishlar berildi hamda vaqt va qo'shimcha o'rganish talab etuvchi masalalar bo'yicha mutasaddi mas'ullar biriktirildi.

Muloqot davomida fuqarolarni pensiya va nafaqalar masalalari, axborot tizimlari orqali elektron arizalarni taqdim etish, raqamlashtirish jarayoni orqali kiritilayotgan yangiliklar, hamda sohadagi huquqiy normalardagi o'zgarishlar xususida xabardor qilishga alohida e'tibor qaratildi.

Bunday sayyor qabullar fuqarolarni qiynayotgan muammolarga manzilli yechim topish va ijtimoiy himoya sohasidagi islohotlarni joylarda keng tushuntirishga xizmat qilmoqda.

So'x tumani hokimligi Axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz