Oftobru mahallasining dolzarb muammolari sayyor qabulda o'rganildi








Ayni kunlarda aholini qiynayotgan muammo va kamchiliklarni o'rganish, ularga amalda yechim topish maqsadida So'x tumanidagi mahallalarda sayyor qabullar tashkil etilmoqda. Bunday muloqotlar orqali fuqarolar o'z muammolarini bevosita mas'ul rahbarlarga yetkazish imkoniyatiga ega bo'lmoqda.
Shu kabi navbatdagi sayyor qabul Oftobru mahallasidagi 22-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi binosida bo'lib o'tdi. Qabulda tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev, hokim o'rinbosarlari, tumandagi korxona, tashkilot, muassasa va idoralar rahbarlari ishtirok etishdi.
Sayyor qabul davomida mahalla aholisi tomonidan bildirilgan murojaatlar asosan quyidagi masalalarni qamrab oldi:
• ichimlik va sug'orish suvi ta'minotidagi muammolar,
• elektr energiyasi ta'minotidagi uzilishlar,
• yo'l infratuzilmasidagi kamchiliklar,
• tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish uchun qo'shimcha sharoit yaratish,
• oliy ta'lim muassasalariga imtihon topshirgan yoshlarga amaliy yordam ko'rsatish,
• moddiy ko'mak va tibbiy yordam masalalari.
Murojaatlarning aksariyati joyida ko'rib chiqilib, tegishli mutasaddilar tomonidan yechim choralari belgilandi. Vaqt talab qiluvchi masalalar bo'yicha esa nazorat muddatlari belgilab, mas'ullar biriktirildi.
Sayyor qabuldan so'ng tuman hokimi mahalla hududidagi ko'p qavatli uylarda ham bo'lib, ularning sanitariya holatini ko'zdan kechirdi. Tozalik va obodonlashtirish ishlari yuzasidan tanqidiy fikr bildirilib, mutasaddi rahbarlarga qat'iy topshiriqlar berildi.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

So'x tumanida “Xalqlar do'stligi kuni” keng nishonlandi

Sayyor qabul: boshqarma rahbarlari So'x tumanida fuqarolar bilan uchrashdi

Navbatdagi fuqarolar qabuli o'tkazildi


Davlat xizmatlari markazi – xalq xizmatida