Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %
Saytni baholash
144
15

542025-10-20 15:36

So‘x tumanida kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda

http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2104343135037810.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2104343135041395.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2104343135043785.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2104343135044980.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2104343135046175.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2104343135047370.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2104343135048565.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2104343135049760.jpg

2025–2026-yil kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish, shuningdek, aholiga tabiiy gazni uzluksiz va xavfsiz yetkazib berish maqsadida “Hududgaz Farg‘ona” gaz ta’minoti filiali tomonidan So‘x tumanida keng ko‘lamli tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Filial direktori Shavkat Abdumajidov topshirig‘iga asosan, So‘x tuman gaz ta’minoti bo‘limiga zarur asbob-anjomlar, texnik vositalar, ishchi xodimlar uchun yangi maxsus formalar hamda zaxira jihozlar yetkazib berildi.

Ushbu tashabbus tuman gaz tarmoqlarining uzluksiz faoliyatini ta’minlash, nosozliklarning oldini olish va aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini yanada oshirishga xizmat qilmoqda. Shuningdek, mavjud texnik baza yangilanib, xizmat ko‘rsatish jarayonlari zamonaviy talablar asosida tashkil etilmoqda.

Tuman hokimi tomonidan mazkur ishlar yuzasidan qat’iy nazorat o‘rnatilgan bo‘lib, barcha chora-tadbirlar belgilangan reja asosida amalga oshirilmoqda.

Bundan tashqari, So‘x tumanida “Hududgaz Farg‘ona” GTF tomonidan hududiy chilangar xodimlar uchun amaliy seminar-trening o‘tkazildi. Tadbirda viloyatdagi barcha tuman va shahar gaz ta’minoti bo‘limlaridan chilangarlar ishtirok etib, kuz-qish mavsumida gaz tarmoqlarining uzluksiz ishlashini ta’minlash, xavfsizlik qoidalariga qat’iy amal qilish va aholiga yuqori sifatda xizmat ko‘rsatish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarda qatnashdilar.

Seminar davomida tajribali mutaxassislar tomonidan amaliy ko‘nikmalar namoyish etilib, xodimlarning bilim va malakasi yanada mustahkamlandi.

Tadbirda tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusaev, tuman prokurori Sadiroli Mirzokarimov hamda tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Qosimjon Rahimberdiyevlar ishtirok etib, mavzuga doir fikr-mulohazalarini bildirdilar. Ular tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, aholiga xizmat ko‘rsatishda mas’uliyatni yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz