Oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi








So‘x tumanida oila va xotin-qizlar bo‘limi 2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlar hamda 2026-yilda belgilangan ustuvor vazifalar bo‘yicha hisobot yig‘ilishini o‘tkazdi.
Yig‘ilishda tuman hokimligi vakillari, “Oqila ayollar” harakati yetakchisi va xotin-qizlar faollari ishtirok etdi.
Tahlil davomida So‘x tumani hokimi o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Madinaxon Safarova tomonidan 2025-yilda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, oilalarda sog‘lom muhitni saqlash, ajrimlarni kamaytirish, reproduktiv salomatlikni mustahkamlash, erta nikoh va tug‘ruqlarning oldini olish hamda bandlik va tadbirkorlikka jalb etishda olib borilgan ishlar bo‘yicha to‘liq ma’lumot berildi.
Shuningdek, 2026-yilda mahallalarda xotin-qizlar bilan ishlashni rivojlantirish, huquqbuzarliklarning oldini olish, ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar tashkil etish va muammoli oilalar bilan manzilli ish olib borish vazifalariga alohida e’tibor qaratildi.
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


So‘x tumanida qishloq xo‘jaligi yerlari holati o‘rganildi

Mahallalarda tadbirkorlik va aholi bandligini rivojlantirish ishlari tahlili

“Buloqlar parki” - yangi turizm maskani






