So‘x tumanida qishloq xo‘jaligi yerlari holati o‘rganildi








Bugun tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev tuman hokimi o‘rinbosari Muslimbek Mavlonbekov bilan birgalikda “So‘x” shirkat xo‘jaligi hududida ijarachilar va fermerlarga tegishli yer maydonlari holatini o‘rgandi.
O‘rganish davomida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish, ariqlarni tozalash va betonlashtirish ishlari olib borilmagani, buning barobarida ayrim hududlarda mahalliy o‘g‘it tayyorlash ishlari talab darajasida emasligi aniqlandi.
Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga qat’iy topshiriqlar berildi va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


Oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Mahallalarda tadbirkorlik va aholi bandligini rivojlantirish ishlari tahlili

“Buloqlar parki” - yangi turizm maskani






