Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %
Saytni baholash
155
16

462025-12-05 21:59

So‘x tumanida jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda

https://api3.fergana.uz/files/151400/news/news_1764953851024.jpg
https://api3.fergana.uz/files/151400/news/news_1764953851025.jpg
https://api3.fergana.uz/files/151400/news/news_1764953851003.jpg

So‘x tumanida qo‘riqlash bo‘limi xodimlari hamda tuman ichki ishlar bo‘limi mas‘ullari ishtirokida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni barvaqt oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Targ‘ibot jarayonida aholiga “Qo‘riqlash” xizmatiga ulanish tartiblari, xizmatning imkoniyatlari va afzalliklari haqida batafsil ma‘lumotlar berildi. Jumladan, zamonaviy signalizasiya vositalari, texnik xizmat ko‘rsatish tizimi va to‘lov sharoitlari haqida tushuntirishlar o‘tkazildi.

Tadbir doirasida aholi hamda savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuvlar ham tashkil etildi. Suhbatlar davomida huquqiy madaniyatni oshirish, jamoat xavfsizligini ta‘minlash, fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish kabi yo‘nalishlarga e‘tibor qaratildi.

Bu uchrashuvlar jinoyatchilikning oldini olishga xizmat qilish bilan birga, aholi o‘rtasida “Qo‘riqlash” xizmatiga bo‘lgan ishonch va qiziqishni oshirishga, shuningdek, sohadagi yangiliklardan xabardor qilishga ham zamin yaratdi.

So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz