So‘x pedagogika texnikumida milliy qadriyatlar targ‘ibi







So‘x pedagogika texnikumida milliy liboslarimizni targ‘ib qilish va milliy qadriyatlarimizni mustahkamlash maqsadida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar muntazam ravishda tashkil etib kelinmoqda.
Tadbirlar davomida yoshlarning milliy an’analarga hurmati, madaniy merosimizga bo‘lgan qiziqishi va e’tibori yanada oshib bormoqda.
Shuningdek, viloyatdan tashrif buyurgan mehmonlar ham so‘zga chiqib, milliy liboslarimiz xalqimiz tarixi, madaniyati va o‘ziga xosligini aks ettiruvchi bebaho boylik ekanini ta’kidladilar.
Mazkur uchrashuvlar o‘quvchilarning milliy o‘zligini anglashiga, dunyoqarashini boyitishga va ma’naviy barkamolligini oshirishga xizmat qilmoqda.
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


So‘x tumanida «Yosh kitobxon» tanlovining mahalla bosqichi boshlandi








