So‘x tumanida atmosfera havosini muhofaza qilish bo‘yicha tungi reyd tadbiri o‘tkazildi










So‘x tuman prokuraturasi, tuman IIB, tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi hamda ekologiya bo‘limi hamkorligida atmosfera havosiga zarar yetkazuvchi manbalarni aniqlash maqsadida keng qamrovli reyd tadbiri o‘tkazildi.
O‘tkazilgan reydda tuman hududidagi qurilish mahsulotlari — gips, asfalt, asfaltobeton va g‘isht ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyati o‘rganilib, korxona rahbarlari bilan suhbatlar olib borildi. Chang va havo ifloslanishining oldini olish maqsadida yo‘laklarga muntazam ravishda suv sepish va chang ushlash qurilmalarini doimiy nazorat qilib turish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Mazkur reydlar aholining ekologik xavfsizligini ta’minlash, atrof-muhitga zarar yetkazuvchi noqonuniy faoliyatlarning oldini olishga qaratilgan bo‘lib, nazorat tadbirlari tuman hududida muntazam ravishda davom ettiriladi.
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

So‘x pedagogika texnikumida milliy qadriyatlar targ‘ibi

So‘x tumanida «Yosh kitobxon» tanlovining mahalla bosqichi boshlandi








