So‘x tumanida «Yosh kitobxon» tanlovining mahalla bosqichi boshlandi






Yoshlar o‘rtasida kitob o‘qish madaniyatini keng targ‘ib qilish maqsadida har yili an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan va yoshlar tomonidan doimo katta qiziqish bilan kutib olinadigan «Yosh kitobxon» tanlovining mahalla bosqichiga So‘x tumanida start berildi.
Tumaning 25 ta mahallasini qamrab olgan ushbu bosqichda 10–14, 15–19 va 20–30 yosh toifalaridagi ishtirokchilar bilim sinovlaridan o‘tkazildi. Tanlov davomida yosh kitobxonlar belgilangan asarlar bo‘yicha o‘z o‘qish saviyasi, tahliliy fikrlash qobiliyati va bilim darajasini namoyish etdilar.
Ma’lumot uchun, ushbu mavsumda respublika bosqichi g‘olibiga Prezident sovg‘asi sifatida elektromobil taqdim etilishi rejalashtirilgan. Bu esa yoshlarimizni bandlik, ma’rifat va kitobxonlikka yanada rag‘batlantirishga xizmat qiladi.
So‘xlik kitobsevar yoshlarimizga tanlovning keyingi bosqichlarida omad tilaymiz.
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!










