Navobod mahallasida “Yashil makon” loyihasi doirasida bog‘ni kengaytirish ishlari amalga oshirilmoqda




Navobod mahallasida tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusaev tashabbusi bilan tashkil etilgan yangi bog‘ hududida “Yashil makon” umumimilliy loyihasi doirasida bog‘ni kengaytirish hamda yangi nihollar o‘tqazish ishlari tashkil etildi. Mazkur sa‘y-harakatlarga tuman hokimligi hamda tuman obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari jalb etilgan.
Bugun har bir soha va tizim vakili mazkur loyihaning samarali amalga oshirishga o‘z hissasini qo‘shmoqda. Quyoshli va qulay ob-hoding mavjudligi esa ishlarni tez va sifatli bajarishga sharoit yaratmoqda.
Yangi o‘tqazilgan nihollarni sug‘orish ishlari maxsus texnikalar yordamida olib borilmoqda. Shu bilan birga, bog‘ning yangi er maydoniga mineral va mahalliy o‘g‘itlar sepilib, er unumdorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha agrotexnik tadbirlar ham amalga oshirilmoqda.
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

So‘x pedagogika texnikumida milliy qadriyatlar targ‘ibi


So‘x tumanida «Yosh kitobxon» tanlovining mahalla bosqichi boshlandi







